Tez-tez beriladigan savollar:
Savol: Kollejda o'qish muddati qancha?
Javob: 2 yil
Savol: Nechta yo'nalishga ariza topshira olaman?
Javob: Siz faqat 1 ta yo'nalishga ariza topshira olasiz
Savol: 1 ta telefon raqamidan nechta ariza topshirish mumkin?
Javob: 1 ta telefon raqamdan faqatgina 1 kishining arizasi qabul qilinadi
Savol: Men boshqa viloyatdagi kollejga hujjatimni topshirsam bo'ladimi?
Javob: Arizachi yashash hududidan qat'iy nazar istalgan kollejga ariza topshirishi mumkin
Savol: Kimlar ariza topshira oladi?
Javob: Kollej, litsey va maktabni 11-sinfini bitirganlar ariza topshira oladi
Savol: Men kollejni bitirganman. Yana boshqa yo'nalishda o'qish uchun ariza topshira olamanmi?
Javob: Siz, ikkinchi mutaxassislik sifatida boshqa yo'nalishga ariza topshirib o'qishingiz mumkin
Savol: Ro'yxatga olish jarayonida menga sms kelmayapti, nima qilsam bo'ladi?
Javob: SMS xabarnoma xizmati uchun hisobingizdan 40 so'm miqdorda to'lov xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan undiriladi. Agar hisobingizda yetarli mablag' bo'lmasa hisobingizni to'ldirib qayta urinib ko'rishingiz mumkin
Boshqa savollar uchun: 67-3502533