Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi kollejda nishonlandi.

2021 yil 9 fevral kuni buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlanib, Yangiyer tibbiyot kollejida tadbir o’tkazildi. Tadbirni kollej uslubchisi M.Mirislomov o’chib berdi va Navoiy ijodiga batafsil to’xtalib o’tdi.

Shundan so’ng kollej faol o’quvchilari tomonidan Navoiy ga’zallarini ijro etishdi. Uning dostonlaridan sahna ko’rinishlarini namoyish qildilar.

Navoiy ijodiga xos bo’lgan kuy-qo’shiqlar yangradi.

Tadbir yig’ilganlarda katta taasurotlar qoldirdi.

Tadbir yakunida kollej direktori J.To’rayev so’zga chiqib Navoiyning yosh avlodlarga qoldirgan ulkan xazinasi haqida o’z fikrlarini bildirdi. Ishtirok etgan talabalarga minnatdorchilik bildirib, ularga estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbirni tashkil qilgan ustoz-murabbiylarga, «Yoshlar ittifoqi» yetakchisi va Xotin-qizlar qo’mitasiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Leave Comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *