Ўзбекистонда тиббий буюмларни ишлаб чиқариш ва тайёрлаш учун лицензия талаб қилинмайди

«Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари тўғрисида»ги қонун қабул қилингани муносабати билан Ўзбекистоннинг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги қонун Президент томонидан имзоланди.

Қонунга мувофиқ, айрим лицензияланадиган фаолият турлари билан рухсатнома ва хабардор қилиш орқали шуғулланишга рухсат берилгани муносабати билан бир қатор қонунларда лицензия талаби бекор қилинган.

Унга кўра, «Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти тўғрисида»ги қонунда фармацевтика фаолиятининг қуйидаги йўналишларига лицензия олиш талаб қилинмаслиги белгиланди:

тиббий буюмларни ишлаб чиқариш, тайёрлаш, улгуржи реализация қилиш;

дори воситалари ва тиббий буюмларни яратиш бўйича илмий-тадқиқот ишлари;

дори воситалари ва тиббий буюмлар сифатини назорат қилиш;

доривор ўсимлик хом ашёсини қадоқлаш ва улгуржи сотиш.

Эслатиб ўтамиз, Президентнинг «Лицензиялаш ва рухсат бериш тартиб-таомилларини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги фармони билан Ўзбекистонда 2021 йил 1 январдан бошлаб 17 та лицензия ва 14 та рухсатномалар хабардор қилиш тартиби жорий этилиши йўли билан бекор қилинганди.

Manba: www.ssv.uz sayti

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqildi

Prezidentning “Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib, tahlil qilgan holda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Quyidagilar:

  • a) Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (E-Health-2025) quyidagilarni nazarda tutgan holda:
  • elektron sog‘liqni saqlash tizimi normativ-huquqiy bazasini optimallashtirish;
  • sog‘liqni saqlashning axborot tizimi Yagona platformasining arxitekturasi, axborot tizimlarga ma’lumot uzatishning minimal talablari, tibbiy ma’lumot almashinuvi milliy standartlarini hamda klinik ma’lumotlar bazasi xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • Yagona platformani ishlab chiqish hamda uning davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash;
  • birlamchi tizimda bemorlarni oilaviy shifokorlarga biriktirish va qayta biriktirish, qabulga yozish imkoniyatlarini beruvchi Tibbiyot axborot tizimini yaratish;
  • “Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi” axborot tizimini ishlab chiqish;
  • “Diagnostik tasvirlar almashinuvi va teleradiologiya (e-emaging)” milliy axborot tizimini yaratish;
  • “Diagnostik tasvirlar arxivi tizimi”ni tibbiyot muassasalarida joriy qilish;
  • “Idoralararo telemeditsina” xizmatlarini rivojlantirish;
  • hududlarda “103” tez tibbiy yordam boshqaruv markazining yagona tizimini joriy qilish;
  • “Farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish” axborot tizimini yaratish;
  • tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun “Tibbiy axborot tizimini” yaratish;
  • “Laboratoriya” axborot tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • tibbiyot xodimlari kasbiy salohiyati va malakasini oshirishga mo‘ljallangan “Elektron ta’lim” platformasini yaratish;
  • davlat sog‘liqni saqlash muassasalari uchun standartlashtirilgan “Muassasa resurslarini rejalashtirish tizimi (ERP)”ni joriy qilish;
  • “Elektron retsept” axborot tizimini yaratish;
  • “Elektron yo‘llanma” axborot tizimini yaratish va bu orqali order berish tizimini bekor qilish;
  • ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;
  • bemorlarga mobil ilova va internet tizimi orqali maslahat berish uchun virtual yordamchi (chatbot xizmatlari)ni joriy qilish;
  • tibbiyot sohasida statistik ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va saqlash, ularning hisob va hisobotini yuritish;
  • sog‘liqni saqlash milliy hisobvaraqlari yuritish yagona elektron tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
  • b) Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini (Ye-Health-2025) amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • elektron sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va yetakchilikni rivojlantirish;
  • axborot tizimlari, resurslar va sog‘liqni saqlash milliy ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va kuzatib borish bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • tibbiyot muassasalarida IT infratuzilmani (optik tolali internet, ichki lokal tarmoq, kompyuter va axborot texnikalari)ni rivojlantirish, PACS serverlar xarid qilish va o‘rnatish hamda mamlakatning markazlashgan ma’lumotlarni qayta ishlash markazi resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
  • axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish va monitoringini olib borish, axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini muhofaza qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani tatbiq etish va rivojlantirish;
  • “elektron sog‘liqni saqlash” tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, integratsiyalashgan axborot tizimlari kompleksini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish;
  • tibbiyot tashkilotlarida axborot tizimlari, ilg‘or axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish va kuzatib borishga ko‘maklashish;
  • aniq ma’lumotlarga asoslangan holda qarorlar qabul qilish uchun tibbiyot muassasalarining imkoniyatlarini kengaytirish;
  • vazirlikning axborot tizimlari, resurs va ma’lumotlar bazasini rivojlantirish, standartlashtirilgan axborot almashuvi tizimlarini yo‘lga qo‘yish orqali ularning boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;
  • vazirlik xodimlarining axborot tizimlari, resurs va ma’lumotlar bazasidan foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • camarali elektron tibbiy xizmatlar ko‘rsatish orqali shifokor va bemorlarning tibbiy salohiyatini oshirish.

Manba: www.kun.uz sayti

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi

O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi qarorida aytilgan.

Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining respublika teleradiokanallarida bepul ajratiladigan efir hajmi va vaqti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mahalliy teleradiokanallarida bepul ajratiladigan efir hajmi va vaqti, “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Ovozi tojik”, “Nurly jol” gazetalarida bepul ajratiladigan nashr maydoni, mahalliy gazetalarda bepul ajratiladigan nashr maydoni tasdiqlandi.

Saylovoldi tashviqoti davrida O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • birinchi – O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Narzullo Oblomurodov;
  • ikkinchi – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Maqsuda Vorisova;
  • uchinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Shavkat Mirziyoyev;
  • to‘rtinchi – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Alisher Qodirov;
  • beshinchi – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod – Bahrom Abduhalimov.

Ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqoti davrida bepul ajratiladigan efir vaqti va nashr maydoni doirasida nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davrida chiqishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi, yangiliklar dasturlarida va boshqa axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi tadbirlarini yoritishda tenglik prinsipiga rioya qilishi, bepul ajratilgan efir vaqti va nashr maydoni doirasida efirga uzatilayotgan hamda chop etilayotgan saylovoldi tashviqoti materiallarini ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanini qayd etib borishi belgilandi.

Manba: www.kun.uz

ЮРТИМИЗДА ПАТРОНАЖНИНГ “ХОНАДОНГА ТАШРИФЛАР”НИ ЎЗ ИЧИГА ОЛУВЧИ ЯНГИ МОДЕЛИ ҲАЁТГА ТАТБИҚ ЭТИЛМОҚДА (1-қисм)

Аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш, жамиятда соғлом турмуш тарзини қарор топтиришда патронаж хизмати муҳим ўрин тутади. Айниқса, ҳомиладор аёллар ва ёш болали оилаларда соғлом муҳитни шакллантиришда ушбу механизмнинг ўрни беқиёс.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги Матбуот хизмати Тошкент педиатрия тиббиёт институти бўлим бошлиғи, тиббиёт фанлари доктори Cевара УБАЙДУЛЛАЕВАга мазкур соҳага доир бир неча саволлар билан мурожаат қилди:

— Бугунги кунда тиббиётнинг бирламчи бўғини, хусусан, патронаж хизматидаги ислоҳотлар қандай қонун ҳужжатлари асосида амалга оширилмоқда?

— Маълумки, ўтган йили мамлакатимиз тиббиёт тизимини янада ривожлантириш ва такомиллаштиришга доир Президентимизнинг бир қатор Фармон ва қарорлари эълон қилинди. Ушбу меъёрий ҳужжатларда энг асосий урғу бирламчи тиббиёт муассасалари фаолиятини такомиллаштиришга қаратилди.

Хусусан, Президентимизнинг 2020 йил 12 ноябрдаги “Бирламчи тиббий-санитария ёрдами муассасалари фаолиятига мутлақо янги механизмларни жорий қилиш ва соғлиқни сақлаш тизимида олиб борилаётган ислоҳотлар самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонига мувофиқ, бирламчи тиббиёт муассасалари қайта номланиб, фаолияти янгича кўриниш касб этди. Оилавий шифокор пункти ва оилавий поликлиникалар қошида “тиббиёт бригада”лари фаолияти ташкил этилди.

Қолаверса, давлатимиз раҳбарининг ўтган йили эълон қилинган “Аҳолининг соғлом овқатланишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорига биноан ҳомиладор ва туғруқдан кейинги даврдаги аёллар ҳамда 5 ёшгача болалари бор оилаларга алоҳида патронаж ҳамшираси бириктирилиши, мамлакатимизда босқичма-босқич патронажнинг универсал-прогрессив модели жорий этилиши кўзда тутилган.

— Патронажнинг универсал-прогрессив модели қандай тизим? Шу ҳақида маълумот берсангиз.

— Ҳомиладорлар, чилла давридаги аёллар ва илк ёшдаги болаларга патронаж хизмати кўрсатишнинг 3 та асосий модели бўлиб, уларнинг ҳар бири ўз афзалликларига эга.

Булар:
– универсал (умумий) модель — барча илк ёшдаги болаларни, ҳомиладор ва туққан аёлларни патронаж кузатуви билан қамраб олади ва уларнинг маълум ёш ҳамда ҳолатларида зарурий ташрифларини амалга оширади;

– прогрессив (мақсадли) модель — алоҳида эҳтиёжларга муҳтож бўлган тиббий ёки руҳий-ижтимоий хавфи юқори бўлганларни патронаж кузатувига олади;

– универсал-прогрессив (аралаш) модель — “хонадонга ташрифлар”ни ўз ичига олувчи аралаш усул бўлиб, у универсал ва мақсадли моделларнинг афзалликларини бирлаштиради, чекловларни енгиб ўтиб, самарасини оширади.

Бугунги кунда мамлакатимизда учинчи — патронажнинг универсал-прогрессив тизими ҳаётга татбиқ этилмоқда.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

Manba: www.ssv.uz

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor o‘tkazildi va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi.

Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’ektlar keskin ko‘payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.

Davlatimiz rahbari ana shunday azmu shijoatli va fidoyi tadbirkorlarning ayrimlarini tilga olib, xalqimizga madadkor bo‘layotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumki, mazkur ochiq muloqot oldidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar so‘ralgan edi. Turli masalalarga oid 15 mingdan ortiq murojaatlar bo‘ldi.

Prezidentimiz o‘z nutqida ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Birinchi yo‘nalish – biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi – soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi – yer ajratish, to‘rtinchisi – infratuzilma, beshinchisi – eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, oltinchisi – transport-logistika, yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi.

Davlatimiz rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb vazifalarni ko‘rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Masalan, murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish  va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, kredit stavkalarining yuqoriligi va ko‘plab kreditlar qisqa muddatga,  tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan. Shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobiga tadbirkor uchun qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.

Shu bois banklarning kapitalini oshirish choralari belgilandi. Xususan, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

Yana bir muhim yangilik – banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni so‘mda va maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.

Ma’lumki, so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo‘l jamg‘armalariga biznes uchun og‘ir yuk bo‘lgan 3,2 foizli yig‘imlar to‘lanar edi. Ushbu yig‘imlar  korxonalarning foydasidan qat’iy nazar, oborotdan olinib,  ularning miqdori korxonalarning kamida 25-30 foiz foydasiga teng edi. Molk-mulk, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi.

Prezidentimiz bu sohada ham tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishini qayd etdi.

Jumladan, 2020-yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bu ularga aylanma mablag‘larini ko‘paytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari,  chetdan olib kelingan tovarlar uchun  qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi.

Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, o‘tgan yili berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirishga ko‘rsatma berdi. Umumiy ovqatlanish korxonalari yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan, turizm kompaniyalari va mehmonxonalar 2 yil muddatga turistik yig‘imlardan ozod qilinadigan bo‘ldi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘idagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorga tegishli bo‘lib, ular uchun qo‘shimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.

Shu bois mutasaddilarga kelgusi yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shimcha hujjatsiz qaytarish tartibini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolardan yana biri yer ajratish bilan bog‘liq. Bu masala bo‘yicha Prezidentga 4 mingdan ziyod murojaat bo‘lgan.

Joriy yil 16-avgust kuni “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’ektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.

Endi qishloq xo‘jaligi yerlari ochiq tanlov asosida  faqat ijaraga beriladi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi.

Ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri o‘ylantirishi tabiiy. Prezidentimiz ushbu korxonalarga hozirda egallab turgan yer maydonlari mulk qilib rasmiylashtirib berilishini ta’kidladi.

Biznes sub’ektlarini infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so‘mga teng loyihalar bo‘yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yetkazib berish to‘liq davlatning zimmasida bo‘ladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo‘llanib kelinmoqda.

Shuningdek, kelgusi 2 yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilib, ularga ham kommunal va yo‘l infratuzilmasi davlat tomonidan yetkazib beriladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda byudjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan yana bir muammo – elektr tarmoqlariga ulanishda kichik korxonalarga ham yirik zavodlar bilan bir xil talablar qo‘yilgan.

Shu bois kelgusi yil boshidan bu borada qulay tizim joriy etiladi. Elektr tarmog‘iga ulanish to‘liq elektron platformaga o‘tkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi. Tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga ulash muddati 20 kilovattgacha bo‘lgan quvvatlar uchun – 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi. Agar, elektr ta’minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, tadbirkorlarga kompensatsiya to‘laydi.

Davlatimiz rahbari eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash,  kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha ham qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Masalan, o‘tgan yili pandemiya davrida to‘qimachilik korxonalariga eksportdan valyuta tushumini kutmasdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi. Endi ushbu tartib barcha tarmoqlarning halol va intizomli eksportyorlariga nisbatan ham tatbiq etilishi aytildi.

Shuningdek, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha  imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Hozirgi kunda ayrim xomashyolar importi uchun boj stavkalari yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda ular asosida mahsulot ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan olib kelish arzonroq bo‘lmoqda.

Shu bois, hukumatga xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun  import boji stavkalarini pasaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlarning yuklarini tashishni yengillashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yuk avtomobillari va temir yo‘l vagonlarini olib kirish bo‘yicha berilgan imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi.

Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, subsidiyalar olish jarayonini osonlashtirish bo‘yicha ham ko‘plab ko‘rsatmalar berildi.

Muloqotda tadbirkorlar so‘zga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.

Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni  mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Bu takliflar keng qo‘llab-quvvatlandi.

Manba: www.president.uz

Янгиерда ўткир буйрак етишмовчилиги касаллиги билан хасталанган беморлар учун янги бўлим очилади

Янгиерда ўткир буйрак етишмовчилиги касаллиги билан хасталанган беморлар учун янги бўлим очилади

Ўткир буйрак етишмовчилиги касаллиги билан касалланган беморлар саломатлигини сақлаш ва уларга намунали тиббий хизмат кўрсатиш тизимини йўлга қуйиш бугунги куннинг долзарб ва кечиктириб бўлмайдиган масалаларидан бири.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти ва Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан олиб борилаётган статистик маълумотларга кўра, сўнги йилларда ушбу касаллик сабаб “сунъий буйрак” аппаратига муҳтожлар сони йилдан йилга ортиб бормоқда. Сирдарёда ана шу турдаги касалликка чалинган беморларга шу бугунги кунгача битта муассасада, яъни вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказида хизмат кўрсатиб келинган бўлса, энди эса ушбу хизмат тури вилоятнинг Янгиер шаҳрида ҳам йўлга қўйилади.

Йил бошида мазкур муассасага 1 миллион АҚШ доллари қийматидаги “сунъий буйрак” аппарати келтирилганди. Ушбу аппаратларни ўрнатиш ва ишга тушириш мақсадида муассасада алоҳида хона ажратилди. Айни вақтда у ерда қурилиш, монтаж ишлари амалга оширилмоқда. Қурилиш ва монтаж ишлари ниҳоялагач, бир вақтнинг ўзида ўн нафар, бир йилда 300 минг нафар беморга хизмат кўрсата оладиган янги Нефрология бўлими иш фаолиятини бошлайди.

— Мазкур бўлимнинг вазифаси ниҳоятда аҳамиятли, — дейди Янгиер шаҳар тиббиёт бирлашмаси бош шифокори Анвар Ўралов. — Бўлимга келтирилган ва ўрнатилиши кўзда тутилган янги аппаратларимиз хасталанган буйракларнинг чиқарувини вақтинча ўтаб қолмай, инсон организмидаги сув-электролит ва кислота-ишқор балансини, қон таркибини нормал сақлаб, моддалар алмашинувини яхшиланишига, танада турли заҳарланишлардан ҳосил бўлган токсинларни чиқариб ташлашга, инсон умрини узайтиришга ёрдам беради. Қолаверса, ушбу аппаратга муҳтожлар сони кам эмас. Улар шу бугунги кунгача Гулистон шаҳрида даво муолажаларини олиб келишаётган эди. Энди эса у ерга боришга ҳожат қолмайди.

Янги бўлим ишга тушгач, унда маҳаллий мутахассислар ишлайди, улар Ховос, Боёвут, Сардоба туманлари ҳамда Янгиер ва Ширин шаҳри аҳолисига хизмат кўрсатади. Айни вақтда шу йўналишда ишлайдиган 4 нафар шифокор, 5 нафар ҳамшира Республика нефрология ва буйрак трансплантацияси ихтисослаштирилган илмий-амалий тиббиёт марказида, 15 нафар ўрта тиббиёт ходими Сирдарё вилоят кўп тармоқли тиббиёт марказида малака оширмоқда. Manba: www.ssv.uz

Manba

Worldskills Uzbekistan билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди

Worldskills Uzbekistan билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги «Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги  фармонида 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб профессионал таълим муассасаларида Worldskills стандартлари асосида ўқитишни йўлга қўйиш вазифаси белгиланган. 

Ушбу топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида 2021 йил 1 июль куни Педагогик инновациялар институтида “Worldskills Uzbekistan” билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди.

Мазкур меморандум асосида келгусида барча ишлаб чиқариш таълим мутахассислари ва махсус фан ўқитувчилари Worldskills стандартлари асосида “Worldskills Uzbekistan”  ассоциациясида малакаларини оширишади. Малака ошириш якунида, касбий амалий имтиҳонлардан ижобий ўтган тингловчиларга таълим муассасасида Worldskills компетенциялари бўйича ўқувчиларга касб ўргатиш ва демонстратив имтиҳон олиш ваколатини берувчи “Экспертлик” сертификатлари берилади.

Ушбу меморандумни имзолаш жараёнида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Профессионал таълимни ўқув-методик мувофиқлаштириш бош бошқармаси бошлиғи Ўткир Алижонов, бош бошқарма ўринбосари Анвар Аллабергеновлар,  “WorldSkills Uzbekistan” – ишчи касбларни ривожлантириш ва оммалаштириш ассоциацияси Бошқарув кенгаши раиси Фаррух Жураев,    Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш институти директори Зайниддин Худайбердиев иштирок этди.

Меморандумни имзолаш жараёни YouTube ва Zoom дастури орқали жонли эфирга узатилди.

Меморандум якунида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, институт ва ассоциация масъул раҳбарлари келгусидаги вазифаларни келишиб олишди. Келишувга кўра, келгусида биринчи босқичда 2000 нафардан ортиқ ишлаб чиқариш таълими мутахассисларининг малакасини ошириш режалаштирилди. Иккинчи босқичда ассоциация экспертлари ҳамкорлигида Worldskills стандартлари асосида янги форматдаги таълим стандартлари, ўқув режа ва дастурларини яратиш белгилаб олинди. Учинчи босқичда эсаҳамкорликда Worldskills чемпионатларини ҳудудий ва республикамиқиёсида ўтказиш белгиланди.

Маълумот ўрнида, Worldskills халқаро ҳаракати 1946 йилда Испанияда ташкил топган. Worldskills ташкилоти касбларни халқаро даражада тайёрлашга қўйиладиган стандартлар талабларини ишлаб чиқади, ушбу стандартлар асосида касб эгаларини тайёрлайди ва тайёргарлик даражасига баҳо бериш мақсадида ҳар 2 йилда бир марта халқаро даражадаги касб чемпионатларини ўтказади. Ҳозирда ушбу ташкилотга 85 та давлат аъзо. Ўзбекистон 2020 йил 17 январда 83-аъзо давлат сифатида ушбу ҳаракатга қўшилди. Ҳозирда мазкур халқаро ҳаракат томонидан 101 та компетенциялар бўйича касбий стандартлар ишлаб чиқилган ва шулар асосида 45 та халқаро чемпионатлар ўтказилган. 2022 йил Шанхай (Хитой)да 46-халқаро чемпионати ўтказилади.

Manba: www.edu.uz

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 30-июнь — Ёшлар куни муносабати билан табриги

Яратилаётган барча имкониятлар сиз бахтли бўлишингиз учун

Қадрли ёшлар!
Сизларни Президентимиз ташаббусларига кўра эълон қилинган 30 июнь – Ёшлар куни билан Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги жамоаси номидан чин қалбимдан табриклайман!
Бу қутлуғ айёмда чексиз умид, иштиёқ ва имкониятлар ёшликнинг асосий бойлиги эканини ҳис этган ҳолда беғубор ёшларимизга энг эзгу тилакларимизни изҳор этаман.  
Бугун сизлар учун яратилаётган шарт-шароит, имкониятлар барчаси сиз бахтли бўлишингиз учун. 

Азиз абитуриент-ёшлар!
Биламан, ҳозирда сиз янги ҳаёт сари илк қадамингизни қўйиш арафасидасиз. Қўрқманг, ўзингизга ишонинг, битта дадил қадам сиз учун ҳаётнинг янги эшикларини очади. Унутманг, узоқ масофали йўл ҳам илк дадил қадамдан бошланади!
Сизларга омад ва муваффақиятлар тилаб қоламан!

Янги Ўзбекистоннинг истеъдодли ёшлари!
Аминманки, ўз замонавий билим, инновацион ғоя ва интеллектуал салоҳиятингиз билан янги марралар сари магистрал йўлга чиққан юртимизнинг буюк келажагини барпо этишда Президентимиз жамоаси сифатида фаол иштирок этиб, муносиб ҳисса қўшасизлар.

Абдуқодир Тошқулов, Олий ва ўрта махсус таълим вазири

Manba: www.edu.uz

«Bir million o’zbek dasturchisi» loyihasi kollejda

«Besh tashabbus» doirasida Yangiyer tibbiyot kollejida o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida talabalar «Bir million o’zbek dasturchisi» loyihasiga jalb qilinib, dasturchilik ko’nikmalarini egallashlariga sharoit yaratildi. Bunda o’quvchilarga informatika o’qituvchilari Sanjar Mastonkulov va Fazliddin Shukurovlar amaliy yordam berib kelmoqdalar.

Shu kungacha 50 dan ortiq o’quvchilar ushbu loyihada ro’yhatdan o’tib o’z bilimlarini oshirmoqdalar. Bu raqamlar kundan-kunga oshib bormoqda.

Ayni kunlarda kollejning 12 nafar talabalari «Bitiruvchi» sertifikatini olishga muvoffaq bo’ldilar.

9-may: «Xotira va qadrlash kuni»

Tadbirni kollej direktori Jamol To’rayev ochib berdi. Kirish so’zida kollejda faoliyat ko’rsatgan F.Kenjayev, U.Saidova, X.Axmedov, N.Saburov, G’.Saparov, K.Abdullayev, L.Sorabekovalar yodga olindi.

9-may: «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Yangiyer tibbiyot kollejida «Xotira turnuri» o’tkazildi.

Shundan so’ng sportning «Voleybol» va «Stol tennisi» bo’yicha Xotira turniriga start berildi.


Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - photo_2021-05-08_11-52-11-1024x767.jpg

Voleybol musobaqasida «Umumkasbiy fanlar kafedrasi» o’qituvchilari jamoasi faxrli birinchi o’rinni egallashdi.

Stol tennisi bo’yicha 1-o’rinni kollej direktori J.To’rayev, 2-o’rinni S.Murodova egalladi.

G’oliblar va faol ishtirok etgan pedagog-xodimlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.